Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Ikki qardosh xalq aloqalariga oid arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi

By Muxtasar_Qodirova - 21 августа 2025 г. 16:33 312 Просмотры 0 Комментарий

Buxoroda yirik xalqaro tadbir – “O‘zbekistonda Qozog‘iston arxivlari kunlari” doirasida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir O‘zbekiston va Qozog‘iston arxivlarida ikki qardosh xalq aloqalariga oid arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi taqdimotlari bilan boshlandi. Mazkur ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi arxivlarida saqlanayotgan, ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yorituvchi noyob hujjatlar ilk bor keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. 


Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarga ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik, qo‘shnichilik va strategik hamkorlikning chuqur tarixiy ildizlarini hujjatlar asosida ko‘rsatish imkonini berdi. Noyob manbalar nafaqat arxiv sohasi mutaxassislari, balki yosh tadqiqotchilar, talabalar, tarix ixlosmandlarida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Ular ilmiy-amaliy ahamiyati bilan birga, ma’naviy va madaniy qadriyatlarni asrash, tarixiy xotirani jonlantirish borasida ham katta tarbiyaviy va strategik ahamiyatga ega. 

Ushbu munosabatlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida yangi sahifa ochdi.

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий