Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Qovun sayli – mehr va mehmondo‘stlik bayrami

By Muxtasar_Qodirova - 19 августа 2025 г. 16:25 315 Просмотры 0 Комментарий



O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi qoshida bunyod etilgan Milliy madaniy markazlar pavilonida “Qovun sayli” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir yurtimizda yetishtirilayotgan turli navdagi qovunlarning betakror mazasi, xalqimizga xos mehr-oqibat va mehmonnavozlik an’analarini yanada keng targ‘ib etish, shuningdek, turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratildi.



So‘zga chiqqanlar xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikka e’tibor qaratishning muhim ahamiyatini ta’kidladilar.  

Mazkur sayl doirasida turli madaniy va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Milliy madaniy markazlar pavilonida tashkil etilgan ko‘rgazmalar orqali turli millat vakillarining boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.  




“Qovun sayli — xalqimiz mehri va mehmonnavozligi ramzi!” shiori ostida yurtimizda yetishtirilayotgan turli navdagi qovunlar namoyish etildi, mehmonlar ularning betakror ta’midan bahramand bo‘ldilar.  

Milliy madaniy markazlar havaskor jamoalarining rang-barang ijodiy chiqishlaridan iborat konsert dasturi ishtirokchilarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.



Turli millat vakillarining ishtiroki O‘zbekistonda qaror topgan bag‘rikenglik, mehr va mehmonnavozlik an’analarining yorqin va amaliy ifodasi bo‘ldi.

Qovun sayli ishtirokchilari bu kabi tadbirlar milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yosh avlod ongida do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini mustahkamlash yo‘lida beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

N.Usmonova,  

O‘zA muxbiri

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий