Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Qardoshlik mushoirasi

By Muxtasar_Qodirova - 29 июля 2025 г. 17:01 391 Просмотры 0 Комментарий


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Qardoshlik mushoirasi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati va xodimlari, O‘zbekiston milliy madaniy markazlar faollari, taniqli yozuvchi, shoir hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.




Tadbirda Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi Q. Sariyev so‘z olib, yurtimizda nishonlanayotgan Do‘stlik festivali va uning doirasida tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani, mamlakatimizda turli millat va elat vakillari ahil-inoq yashayotgani, bu esa o‘z navbatida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosati ifodasi ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.




Festival doirasida tashkil etilgan mushoira avvalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi foyesida kitoblar  ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Tadbirga kelgan mehmonlar turli qardosh tillarda chop etilgan asarlar, qo‘llanma va risolalardan bahramand bo‘lishdi.





Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий