Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Benilyuks – O‘zbekistonlik ayollar jamiyati

By Muxtasar_Qodirova - 21 июля 2025 г. 23:50 428 Просмотры 0 Комментарий

Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg davlatlaridagi faol ayol vatandoshlarimiz tashabbusi bilan "Benilyuks – O‘zbekistonlik ayollar jamiyati" tashkil etildi.

Tuzilma faol vatandosh ayollarni jipslashtirish, turli vaziyatlar tufayli og‘ir ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga yaqindan ko‘mak ko‘rsatish, milliy urf-odat, madaniyatimiz va ona tilimizni saqlab qolish, shuningdek, O‘zbekistonni xorijliklar o‘rtasida yanada kengroq tanitish va ommalashtirish kabi vazifalarni bajaradi. Shuningdek, qo‘shma loyihalar, madaniy va sport tadbirlari hamda ijtimoiy dasturlarni Benilyuks davlatlarida tashkil etish rejalashtirilgan.

Jamiyatning rasmiy ochilish marosimida Antverpen, Bryussel, Someren, Rotterdam va Roermond shaharlaridagi vatandosh ayollar, mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari hamda onlayn tarzda "Vatandoshlar" jamoat fondi rahbari Odiljon Sattarov va boshqalar ishtirok etdi.

"Benilyuks – O‘zbekistonlik ayollar hamjamiyati" rahbari lavozimiga Niderlandiyada yashayotgan vatandoshimiz Gulbahor Jalilova va uning o‘rinbosari etib Belgiyadagi hamyurtimiz Muattar Bositxonova tayinlandi.

Mazkur yangi tuzilma xorijdagi vatandosh xotin-qizlar bilan tizimli ishlash, ularni mamlakat taraqqiyoti jarayonlariga yaqindan jalb qilish, milliy madaniyatimizni asrab-avaylash va o‘zbek yoshlarini ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий