Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Xalqaro ko'rgazma

By Muxtasar_Qodirova - 11 мая 2025 г. 13:48 174 Просмотры 0 Комментарий

Isroil poytaxtida bo'lib o'tgan 31-Xalqaro O'rta yer dengizi sayyohlik ko'rgazmasida (IMTM – 2025) O'zbekiston sayyohlik salohiyati namoyish etildi.


"IMTM – 2025" ko'rgazmasida, shuningdek, Ozarbayjon, Vengriya, Vyetnam, Gretsiya, Hindiston, Xitoy, Marokash va boshqa mamlakatlarning turizm sohasi vakillari ishtirok etdi.


Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida "Air Samarkand" xususiy aviakompaniyasi, "Silk Road Samarkand" sayyohlik majmuasi va Isroilning "Asia Travel" sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda yarmarka maydonida O'zbekiston stendi tashkil etildi.


Mazkur ko'rgazmada O'zbekistonning ishtiroki mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi, betakror arxitekturasi va sayyohlik yo'nalishlarini namoyish etish imkonini berdi. O'zbekiston va Isroil o'rtasidagi yangi to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlarga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, "Air Samarkand" aviakompaniyasi tomonidan 4 may kuni Samarqand - Tel-Aviv - Samarqand yo'nalishida muntazam aviaqatnovlar yo'lga qo'yilgani turizm rivojiga qo'shimcha turtki bo'lishi ta'kidlandi.


Ikki kun davomida ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilar o'zbek oshxonasining eng sara taomlaridan bahramand bo'lish imkoniyatiga ega bo'ldilar.


Tashkilotchilar ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston stendiga mingdan ortiq kishi, jumladan, Isroilning yirik sayyohlik kompaniyalari tashrif buyurgan.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий