Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Abay olami – do‘stlikning oltin ko‘prigi

By Muxtasar_Qodirova - 1 мая 2025 г. 14:25 138 Просмотры 0 Комментарий

O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi, Nizomiy nomidagi TDPU, "Nurlы jol" gazetasi hamkorligida “Abay olami-do‘stlikning oltin ko‘prigi” adabiy kechasi o‘tkazildi.




Qozoq ma’rifatparvar shoiri va mutafakkiri, ezgulik va do‘stlik kuychisi Abay Qo‘nonboyevning sharafli nomi va boy ijodiy merosi nafaqat qozoq xalqi, ayni paytda, butun turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqining ham qalbida bezavol yashab kelmoqda. 




Tadbir davomida maktab o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalar qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodi bilan bog‘liq shartlar bo‘yicha bellashdilar. Ishtirokchilar tomonidan Abay Qo‘nonboyevning umuminsoniy qadriyatlar va mehr-oqibat tuyg‘ulari yuksak pardalarda tarannum etilgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan xalqlarimiz madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi keng tarannum etildi. 



Tadbir ishtirokchilari kayfiyatiga ko‘tarinki ruh bag‘ishlash maqsadida 25-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi jajji o‘quvchi qizaloqlari tomonidan tayyorlangan raqslar namoyish etildi. Tadbir so‘ngida g‘oliblar va faol ishtirokchilar estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий