Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O‘zbekiston bo‘ylab ertaga "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi

By Muxtasar_Qodirova - 22 апреля 2025 г. 23:26 184 Просмотры 0 Комментарий



Ertaga, 23-aprel kuni Toshkent, Nukus shaharlari hamda respublikaning barcha viloyat markazlarida navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tadi.


Mazkur tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, atrof-muhitni muhofaza qilish va transport harakati oqimini kamaytirish maqsadida o‘tkazilmoqda. Ushbu kunda davlat idoralari rahbarlari va xodimlari, shuningdek, barcha fuqarolarga jamoat transporti, velosiped kabi ekologik toza transport vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.




Eslatib oʻtamiz, “Avtomobilsiz kun” oylik aksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi 37-sonli Qaroriga muvofiq har oyning toʻrtinchi chorshanba kuni oʻtkazilmoqda.


❗️ "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas'ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko‘rsatib borishi belgilangan.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий