Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Vetnam Sotsialistik Respublikasining Milliy Assambleya raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv

By Muxtasar_Qodirova - 7 апреля 2025 г. 19:33 307 Просмотры 0 Комментарий

О‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bо‘yicha qо‘mitasi (Qо‘mita) hamda Vetnam Sotsialistik Respublikasining  Milliy Assambleya raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiyasi о‘rtasida uchrashuv bо‘lib о‘tdi.




Uchrashuvda Qо‘mita vakillari va “О‘zbekiston – Vetnam” Dо‘stlik jamiyati vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvning о‘tkazilishidan maqsad – mamlakatlarimiz о‘rtasidagi munosabatlarda dо‘stlik, о‘zaro hurmat va uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash hamda gumanitar va madaniy aloqalarni rivojlantirishdan iborat.

Uchrashuvni Qо‘mita raisi – K.Sariyev ochib, ikki mamlakat о‘rtasida har tomonlama aloqalar, shuningdek bugungi kunda О‘zbekistonning millatlararo munosabatlar va xorijdagi hamkor tashkilotlar bilan aloqalarini mustahkamlash borasida olib borayotgan ishlari, xususan, О‘zbekiston va Vetnam о‘rtasidagi madaniy – gumanitar, turizm va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga alohida tо‘xtalib о‘tdi.




Xususan, 1999 yilda “О‘zbekiston–Vetnam” Dо‘stlik jamiyati tashkil etilganidan buyon uning faoliyati gumanitar va madaniy aloqalarni rivojlantirishda "xalq diplomatiyasi"ning muhim vositasiga aylanganligi ta’kidladi.

Ushbu hamkorlik doirasida sо‘nggi yillarda bir qator muhim tashabbuslar amalga oshirildi:

- 2018-yilda Qо‘mita delegatsiyasi Vetnam xorijiy mamlakatlar bilan dо‘stlik Assotsiatsiyaning 5-Kongressida ishtirok etib, “О‘zbekiston-Vetnam” dо‘stlik jamiyatining faoliyati yuqori baholandi va “Dо‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi; 

- 2021-yilda Assotsiatsiya va Qо‘mita о‘rtasida о‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi;

- 2022-yil fevral oyida Qо‘mitada Vetnamning birinchi Prezidenti Xoshiminning о‘zbek tilidagi “Mahbusning kundaligi” kitobi taqdimoti bо‘lib о‘tdi. 




“Ma’lumki, Vetnam ta’sirchan iqtisodiy о‘sishni kо‘rsatmoqda, “Osiyo yо‘lbarslari” dan biri va xalqaro maydonda muhim о‘rin tutadi. Biz Vetnam xalqining yutuqlarini hurmat qilamiz va о‘zaro tajribamiz barqaror rivojlanish yо‘lida foydali bо‘lishi mumkinligiga ishonch bildiramiz” – K.Sariyev.

Shundan sо‘ng, Chan Txan Man qabul uchun о‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki mamlakat о‘rtasida keng qamrovli dо‘stona aloqalar rivojlanib borayotgani, shuningdek О‘zbekiston dunyoning turli davlatlari bilan о‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib borayotganligini ta’kidladi.

Qо‘mitaning Vetnam Sotsialistik Respublikasi Dо‘stlik tashkilotlari Ittifoqi hamda “Vetnam-О‘zbekiston” dо‘stlik assotsiatsiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotganini alohida e’tirof etildi.

  Uchrashuv konstruktiv ruxda о‘tdi va ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilib olishdi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий