Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Hamkorlikni yangi bosqichi

By Muxtasar_Qodirova - 6 апреля 2025 г. 20:00 368 Просмотры 0 Комментарий

Kecha Nukusda bo'lib o'tgan Orol madaniyati sammiti doirasida O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida memorandumning imzolanishi Orol madaniyati sammiti doirasidagi muhim bosqich bo'lib, inklyuziv o'sish va uzoq muddatli barqarorlikka umumiy sodiqlikni aks ettirishini ta'kidladi.


BMTTD ma'lumotiga ko'ra, mazkur bitimning maqsadi Orol dengizi mintaqasida barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.


Qayd etilishicha, O'zbekistonning shimoli-g'arbiy qismida joylashgan Qoraqalpog'iston bir paytlar dunyodagi to'rtinchi yirik ko'l hisoblangan Orol dengizining qurishi tufayli jiddiy ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga duch keldi.


Ma'lum qilinishicha, BMTTD va jamg'arma o'rtasidagi hamkorlik jamoalarning faolligini oshirish va O'zbekistonning himoyaga eng muhtoj mintaqalaridan birini qo'llab-quvvatlash uchun barqaror rivojlanishdagi innovatsiyalar orqali ushbu muammolarga yechim topuvchi tashabbuslarga madad berishga qaratilgan.


BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii madaniyatga yo'naltiriladigan sarmoyalar insonlarning turmushi va ularning kamolotiga bevosita ta'sir ko'rsatishini ta'kidladi.


O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi raisi Gayane Umerova hukumatning mintaqani nafaqat ekologik muammolar hududi, balki katta madaniy salohiyatga ega hudud sifatida ko'rib, uni barqaror rivojlanish dasturiga kiritishga intilayotganini qayd etdi.


"Orol madaniyat sammiti mintaqaviy landshaftni qayta tiklash va jamoalarning o'ziga xosligini mustahkamlashga qaratilgan. U madaniyat, san'at, ilm-fan va dizayn orqali Orolbo'yi mintaqasidagi ijtimoiy va ekologik o'zgarishlarga bag'ishlanadi", - deyiladi BMTTD saytida.


Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий