Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Varshavada O'zbekiston va Polsha iqtisodiy hamkorligini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi

By Muxtasar_Qodirova - 5 апреля 2025 г. 21:29 419 Просмотры 0 Комментарий

O'zbekiston elchisi Amirsaid A'zamxo'jayev Polsha Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi, iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Polsha Hukumatlararo komissiyasi hamraisi Mixal Yaros bilan uchrashuv o'tkazdi.


Shu yil fevral oyida Toshkentda bo'lib o'tgan iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Polsha Hukumatlararo komissiyasining 8-yig'ilishi va biznes-forum natijalari e'tirof etildi. Shuningdek, ushbu tadbirlarda imzolangan kelishuvlarni o'z vaqtida va samarali amalga oshirish yo'llari yuzasidan fikr almashildi.


Bank-moliya, qishloq xo'jaligi, veterinariya, energetika, farmatsevtika, to'qimachilik, tog'-kon sanoati, qurilish, migratsiya va axborot texnologiyalari sohalaridagi qo'shma loyihalarni jadallashtirish muhimligi ta'kidlandi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий