Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

By Farangiz_Amirkulova - 28 марта 2025 г. 11:13 602 Просмотры 0 Комментарий

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan qabul qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Ashxobodda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining eng samimiy salomlarini yetkazdik. Davlatlarimiz rahbarlari o'rtasidagi mustahkam do'stlik va o'zaro ishonch O'zbekiston-Turkmaniston strategik sherikligini barcha sohalarda chuqurlashtirish, hamkorlik va farovonlikni yana-da barqarorlashtirishda mustahkam tayanch bo'lib xizmat qilmoqda".

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий