Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O‘zbekiston va Nauru o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatildi

By Muxtasar_Qodirova - 24 марта 2025 г. 21:43 708 Просмотры 0 Комментарий

Tinch okeanida joylashgan mitti davlat – Nauru Respublikasi O‘zbekiston bilan rasman davlatlararo aloqani yo‘lga qo‘ygan 159-mamlakatga aylandi.

Qo‘shma hujjatni Nyu-York shahrida tantanali ravishda mamlakatimizning BMT huzuridagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va uning hamkasbi Lara Erab Daniel imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi sheriklikni mustahamlashga tayyorliklarini bildirdi. Shuningdek siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar bilan bog‘liq o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni belgilab olish uchun umumiy sa’y-harakatni faollashtirishga kelishib olindi.

Mazkur voqea O‘zbekistonning tashqi siyosiy aloqalarini chuqurlashtirish hamda mamlakatimizning xalqaro maydondagi ishtirokini kengaytirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni Janubiy Amerikadagi Surinam Respublikasi bilan ham diplomatik munosabat yo‘lga qo‘yilgan edi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий