Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Britaniya elchisi bilan uchrashuv

By Muxtasar_Qodirova - 22 марта 2025 г. 21:09 608 Просмотры 0 Комментарий

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart bilan uchrashdi.

Suhbatda savdo-iqtisodiy va investitsiya sohasidagi hamkorlik, 2025 yilga mo‘ljallangan tadbirlar jadvalini muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.



Tomonlar aloqalar rivojlanishining ijobiy o‘sish sur’ati qayd etildi. 2024 yil yakuniga ko‘ra, tovar ayirboshlash miqdori 352 million dollarni tashkil etgan. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, tog‘-kon sanoati, farmatsevtika, to‘qimachilik va kimyo sanoati, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida qirollik sarmoyasi ishtirokidagi 260 korxona faoliyat yurityapti.

O‘tgan yil Buyuk Britaniya yurtimiz iqtisodiyotiga 1 milliard funt sterlingdan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritgan. Tadbir davomida ushbu davlatga eksport qilinayotgan mahsulotlarimiz turini kengaytirish, sarmoyaviy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha qator takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий