Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

Мuhim diplomatik qadam

By Farangiz_Amirkulova - 28 февраля 2025 г. 10:58 824 Просмотры 0 Комментарий

Ispaniyadan munosabat: Toshkent sammiti O'zbekiston va Pokiston uchun yangi istiqbollarni ochib, sheriklik munosabatlarini yana-da yuksaltirish va mustahkamlash uchun mustahkam zamin yaratdi.

Madrid avtonom universitetining Osiyo tadqiqotlari markazi professori, Ispaniya Sharqshunoslar uyushmasi bosh kotibi, turkshunos Xesus Xil "Dunyo" AA uchun intervyusida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning 25-26-fevral kunlari O'zbekistonga bo'lib o'tgan rasmiy tashrifi yakunlari haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning O'zbekistonga tashrifini katta ishtiyoq bilan kuzatdim. Ushbu muhim diplomatik qadam ikki tomonlama hamkorlikning yuqori dinamikasi va mamlakatlarning strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash istagidan dalolat beradi.


So'nggi yillarda biz Ispaniyada O'zbekiston-Pokiston munosabatlari barcha muhim yo'nalishlarda – savdo va sanoatdan tortib, ta'lim va madaniyatgacha faol rivojlanayotganini kuzatdik. Tovar ayirboshlashning sezilarli o'sishi 2021-yildan boshlab 50 foizga o'sdi. 2024-yilda esa 400 million dollardan oshib, 500 million dollarlik va uzoq muddatli maqsadli 1 milliard dollarga yaqinlashdi. Bu ko'rsatgichlar har ikki tomonning barqaror va o'zaro manfaatli hamkorlikdan manfaatdor ekanligini ko'rsatadi.


Qayd etish kerakki, O'zbekiston-Pokiston muloqoti faqat iqtisodiy va savdo kun tartibi bilan cheklanib qolmaydi. Ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashda madaniy-gumanitar va ta'lim dasturlari, akademik almashinuv va ilmiy hamkorlik muhim o'rin tutadi. So'nggi yillarda 10 ga yaqin ikki tomonlama biznes-forum, ko'rgazma va uchrashuvlar tashkil etilib, umumiy qiymati yuz million dollarlik shartnoma va bitimlar imzolanishiga xizmat qildi.


Joriy fevral oyida Lahorda o'tkazilgan "Made in Uzbekistan" milliy sanoat mahsulotlari ko'rgazmasiga 80 mingdan ortiq kishi keldi va 500 million AQSH dollardan ortiq shartnomalar imzolandi.


Pokiston Bosh vazirining tashrifi ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda yana bir muhim bosqich bo'ladi, deb o'ylayman. Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar dolzarb masalalarni muhokama qilish va hamkorlikning yangi ufqlarini belgilash imkonini berdi. Ishonchim komilki, mazkur sammit O'zbekiston va Pokiston uchun yangi istiqbollarni ochib, sheriklik munosabatlarini yana-da yuksaltirish va mustahkamlash uchun mustahkam zamin yaratadi.


Mamlakatlaringizni faqat tarixiy aloqalar emas, balki butun mintaqa barqarorligi va farovonligini ta'minlash yo'lidagi umumiy manfaatlar bog'lab turadi. O'zbekiston va Pokiston ulkan iqtisodiy hamda insoniy salohiyatga ega bo'lib, ular malakali yondashuv bilan nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiradi, balki davlatlar xavfsizligini mustahkamlash, infratuzilmani rivojlantirish va aholi hayoti sifatini oshirishga xizmat qiladi.


Ushbu tashrif va uning natijalari ikki tomonlama munosabatlarga yangi ijobiy o'zgarishlar olib kelishiga umid bildiraman. Bu tarixiy onlar ikki davlat o'rtasidagi yana-da samarali va uzoq muddatli hamkorlikning boshlanish nuqtasidir.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий