Forum mamlakatimiz Savdo-sanoat palatasi mas’ul vakili Nodira Shotursunova boshchiligidagi ko‘chmas mulk, dizayn, elektrotexnika, to‘qimachilik, xususiy ta’lim, tibbiyot va eksport sohalari vakillaridan iborat yigirmaga yaqin ishbilarmon ayoldan iborat delegatsiyaning O‘monga tashrifi doirasida o‘tkazilgani ta’kidlangan.
Respublikamizning Masqatdagi elchisi Abdusalom Hotamov mazkur tadbir savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon xotin-qizlarning innovatsiyani rivojlantirish, biznes sherikligini qo‘llab-quvvatlashdagi ishtirokini kengaytirishga qaratilganini qayd etdi.
O‘mon Savdo-sanoat palatasi Direktorlar kengashi a’zosi, Palata huzuridagi Turizm qo‘mitasi rahbari Suham bint Ahmad Al Xarisiya xonim hamkorlikning muhim yo‘nalishlari, turli sohalardagi imkoniyatlar muhokama qilinadigan yirik forum ilk bor o‘tkazilayotganini eslatdi.
Forum doirasida uyushtirilgan ikki tomonlama uchrashuvlar kun tartibidan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, savdo aloqalarini mustahkamlash, tajriba va axborot almashish, qo‘shma hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish masalalari o‘rin oldi.
0 Комментарий