Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O'zbekiston Britaniya bilan kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash sohasida hamkorlik qiladi

By Farangiz_Amirkulova - 21 февраля 2025 г. 10:43 683 Просмотры 0 Комментарий

O'zbekiston elchixonasi ko'magida "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" aksionerlik jamiyati direktorining birinchi o'rinbosari Jasur Bo'riyev hamda Buyuk Britaniyaning "Fleximize" kompaniyasi asoschisi va bosh ijrochi direktori Piter Tuvey o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Suhbat davomida xorijiy tomon respublikada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shu jumladan, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo'llab-quvvatlash borasida tatbiq etilayotgan chora-tadbirlar hamda "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" faoliyati bilan tanishtirildi.


Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildilar.


Onlayn uchrashuv yakunida "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" va "Fleximize" o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish, tajriba almashish, "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" delegatsiyasining Britaniyaga ishchi safarini tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.


"Fleximize" 2014 yilda tashkil etilgan. U kichik va o'rta biznes korxonalari uchun resurslarni optimallashtirish, ularga o'z faoliyatlarini rivojlantirishga moliyaviy yordam berish xizmatlarini taqdim etadi.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий