Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O‘zbekistonning ilk “O‘zbek madaniyati elchisi” Yaponiyada tayinlandi

By Muxtasar_Qodirova - 31 января 2025 г. 1:28 649 Просмотры 0 Комментарий

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Yaponiya elchixonasi bilan hamkorlikda yaponiyalik taniqli qo‘shiqchi va sozanda – Komazaki Mashuni “O‘zbek madaniyati elchisi” etib tayinlash marosimi o‘tkazildi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘rayurtimizning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov "O‘zbek madaniyati elchisi", degan maqom birinchi bo‘lib Yaponiya fuqarosiga berilgani ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini ifoda etishini ta’kidlagan. Shuningdek, bu ishonch Komazakiga Yaponiyada O‘zbekistonning madaniyati va san’atini bundan-da keng targ‘ib qilishida keng imkoniyatlar yaratib berishini aytgan.

 

 

Mashu Komazaki bunday sharafli maqomni xorijiy fuqarolar orasida birinchi bo‘lib olganidan benihoya baxtli ekanini bildirib, berilgan yuksak ishonch uchun O‘zbekiston Hukumatiga minnatdorchilik bildirdi. “O‘zbek madaniyati elchisi” maqomi uning keyingi faoliyatida katta imkoniyatlar yaratishi bilan bir qatorda katta mas’uliyat ham yuklashini ma’lum qildi.

Tadbir davomida elchixona bilan hamkorlikda Yaponiyada mamlakatimizning madaniy salohiyatini keng targ‘ib qilib borish, qo‘shma loyihalarini amalga oshirish, OAVda O‘zbekiston haqida ko‘rsatuvlar tayyorlash va maqolalar chop qilish bo‘yicha kelishib olingan.


Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий