Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

“O‘zbegim-2024” milliy taqdimotining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

By Farangiz_Amirkulova - 25 декабря 2024 г. 16:17 919 Просмотры 0 Комментарий

Musiqa madaniyati ma’naviyatimizning muhim tarkibiy qismlaridan biri. Bugungi kunda ota-bobolarimizdan, ajdodlarimizdan qolgan ma’naviy boyliklarni, jumladan, musiqiy madaniyatni avaylab asrash, tiklash qolaversa, zamon bilan hamohang qadam tashlash borasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, ma’naviy boyligimizga bo‘lgan e’tibor davlat miqyosiga ko‘tarildi. 2024-yil davomida ko‘plab davlat tadbirlari, tanlovlar, konsert-tomoshalar o‘tkazildi.

 

Poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida yil davomida faol ijod qilgan va muxlislari uchun yangi qo‘shiqlar taqdim etgan bir guruh ijodkorlarni rag‘batlantirish maqsadida, ilk bor “O‘zbegim-2024” milliy taqdimotining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur tadbirda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, hamda madaniyat vazirligi rahbariyati, markaziy apparati, tizim tashkilotlari rahbarlari, ijodkorlar va taniqli san’atkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Shuningdek tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan, “O‘zbekiston xalq artisti” mukofoti bilan taqdirlangan Tojikiston Respublikasining iste’dodli ijodkori Nigina Amanqulovaga madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan mukofot tantanali topshirildi.


Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий