Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

O'zbekiston va Polsha o'rtasidagi ekologiya va iqlim o'zgarishi sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tariladi

By Farangiz_Amirkulova - 6 декабря 2024 г. 9:52 815 Просмотры 0 Комментарий

Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan O'zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi hamda Polsha Iqlim va atrof-muhit vazirligi vakillari ishtirokida videokonferensiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Onlayn uchrashuv davomida iqlim o'zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida innovatsion yechimlarni joriy etish bo'yicha tajriba almashish va amaliy qadamlarni belgilash masalalari muhokama qilindi.


Polsha tomoni Orolbo'yi hududida Iqlim texnologiyalari xalqaro "Expo-Hub" tashkil etish va Iqlim rezidensiyasining faoliyatiga Polsha sanoat hududlari ekologiyasi institutining mutaxassis va olimlarini jalb etish bo'yicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.


Shuningdek, 2025-yil yanvar oyida navbatdagi muzokaralarni tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.


Tomonlar ushbu shakldagi muntazam muloqotlar ikki davlat o'rtasidagi ekologiya va iqlim o'zgarishi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini qayd etdilar.

Теги:

0 Комментарий

Оставить комментарий