Uzbekjournal.uz – Следите за последними новостями о жизни нашей страны

TURKIY TILLI DAVLATLAR TASHKILOTINING DIASPORA MASALALARI BО‘YICHA IDORALAR RAHBARLARINING OLTINCHI YIG‘ILISHI

By admin - 19 ноября 2024 г. 15:57 837 Просмотры 0 Комментарий

Joriy yil 18-noyabrda poytaxtimizdagi “Hyatt Regancy Tashkent” mehmonxonasida   Turkiy davlatlar tashkilotining Diaspora masalalari bo’yicha idoralar rahbarlarining oltinchi yig‘ilishi bo’lib  o’tdi. Unda TDT kotibiyati, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, Qozog‘iston va O’zbekistondan a’zolar ishtirok etishdi.

Uchrashuv O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi tomonidan tashkil qilindi. Yig‘ilishda qo‘mita raisi Rustambek Qurbonov moderatorlik qilib ushbu kun munosabati bilan barchani samimiy qutladi va kun tartibidagi masalalar muhokamasiga e’tibor qaratishni so‘radi.  Shundan so‘ng, TDT bosh kotibining o’rinbosari Merey Mukazhan, Qozog‘iston Respublikasi “Otandastar Fondi” rahbari Daniyar Kadirov, Turkiyaning xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar qo’mitasi raisi Abdulla Eren, Ozarbayjonning mehnat va diaspora bilan ishlash Davlat qo’mitasining rais o’rinbosari Elshad Aliyev,  Qirg‘iz Respublikasi Mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va migratsiya vazirligining bo’lim boshlig‘i Erkinbek Karimov, “Vatandoshlar” jamoat fondi ijrochi direktori Odiljon Sattorovning nutqlari tinglandi. A’zolar o‘zlarining qator taklif va tashabbuslarini aytib o‘tishdi.

Yig‘ilish yakunida O’zbekiston “Vatandoshlar” fondi bilan Turkiya Respublikasi xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar qo’mitasi o’rtasida Memorandum imzolash marosimi bo’lib o’tdi.


Dastur doirasida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi raisi Rustambek Qurbonovning  TDT diaspora masalalari bo’yicha idoralari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlari ham tashkil qilindi.      Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda mazkur tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O’zbekiston a’zo bo’lib, Vengriya va Turkmaniston 2018-yildan buyon TDTda kuzatuvchi davlat maqomiga ega.

                                                                                                             S.Po‘latova, bo‘lim boshlig‘i

0 Комментарий

Оставить комментарий