Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

“Zakovat” — huquqiy bilimlar bellashuvi

By Muxtasar_Qodirova - Nov. 25, 2026, 2:47 p.m. 1,155 Views 0 Comment



Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari böyicha qömitada xodimlar örtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, Bosh qomusimizda mujassam etgan inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tamoyillar hamda qonun ustuvorligining jamiyat hayotidagi ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga qaratildi.



Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv davomida ishtirokchilar Konstitutsiya, fuqarolarning huquq va burchlari, davlat va jamiyat boshqaruviga oid bilimlarini namoyon etib, özaro bilim va tajriba almashdilar. Mazkur intellektual musobaqa xodimlarning nafaqat huquqiy savodxonligini mustahkamlash, balki mantiqiy fikrlash, jamoada ishlash, tezkor va tög‘ri qaror qabul qilish könikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qildi. Eng muhimi, tadbir ishtirokchilarda Konstitutsiyaga hurmat, qonunlarga rioya etish va fuqarolik mas’uliyati tuyğularini yanada mustahkamlashga zamin yaratdi.



Tags:

0 Comment

Leave a Comment