Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Niderlandiyada Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganligining 35 yilligi keng nishonlandi

By Muxtasar_Qodirova - Nov. 19, 2026, 3:45 p.m. 1,278 Views 0 Comment



BeNiLyuksdagi özbekistonlik ayollar jamiyati taşabbusi bilan 18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri taşkil etildi.




Mazkur tadbir xorijdagi vatandoşlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy ğurur va iftixor tuyğularini yanada yuksaltiriş, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş hamda Vatan bilan ma’naviy aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.





Davlatimiz bayroği — xalqimizning asriy orzu-intilişlari, milliy özligi, mustaqilligi, tinçligi va birdamligini özida mujassam etgan muqaddas ramzdir. Uning xorijiy mamlakatlarda ham yuksak ehtirom bilan uluğlanişi vatandoşlarimizning ona Vatanga bölgan çeksiz muhabbati va daxldorlik hissining yorqin ifodasidir.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment