
Bugun Bag‘rikenglik haftaligi doirasida Milliy madaniy markazlar pavilyonida “Özbekiston – bağrikeng diyor” nomli fotokörgazma bölib ötdi.

🔹Mazkur körgazma mamlakatimizda millatlararo totuvlik va dinlararo bağrikenglikni yanada mustahkamlaş, turli millat va elat vakillari örtasida döstlik, özaro hurmat va hamjihatlik muhitini rivojlantiriş, şuningdek, xalqimizning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari hamda köp millatli jamiyatimizdagi ahillik va birdamlikni keng tarğib etiş maqsadida tashkil etildi.

➡️ Fotokörgazmada yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining hayoti, milliy urf-odatlari, an’analari, madaniyati va san’atini aks ettiruvçi fotosuratlar namoyiş etildi. Şuningdek, milliy madaniy markazlar faoliyati, xalqlar örtasidagi samimiy döstlik rishtalari, birgalikda nişonlanayotgan bayramlar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlardan yorqin lavhalar örin oldi.
Körgazmada namoyiş etilgan har bir fotosurat Özbekistonning tinçlik, döstlik va bağrikenglik diyori ekanini, turli millat vakillari yagona Vatan ravnaqi yölida ahil va hamjihatlikda yaşab kelayotganini özida ifoda etdi.

🔹Ta’kidlaş joizki, bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar jamiyatimizda millatlararo totuvlikni mustahkamlaş, yoş avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş hamda xalqimizga xos bağrikenglik an’analarini keng tarğib etişga xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz! Mazkur körgazma kun davomida davom etadi.


0 Comment