Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

"Bağrikenglik haftaligi" tadbirlari boşlandi

By Muxtasar_Qodirova - Nov. 16, 2026, 12:33 p.m. 1,306 Views 0 Comment



BMT Boş Assambleyasining qaroriga köra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bağrikenglik kuni” sifatida nişonlanib kelinadi. Bu sanani bizda, Özbekistonda nişonlaş ham yaxşi an’anaga aylangan. Buyuk Ipak yöli çorrahasida joylaşgan Özbekiston azaldan turli millat, elat va din vakillarining tinç-totuv, özaro hurmat va hamjihatlik muhitida ahillikda hayot keçirgan maskan sifatida e’tirof etiladi.




Hozirgi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bağrikenglik, döstlik va hamjihatlik tamoyillari asosida yaşab kelmoqda.




Bugun yurtimizning barça hududlarida millatlararo va dinlararo döstlik, ahillik va birdamlikni mustahkamlaşga qaratilgan turli tadbirlarni özida jamlagan “Bağrikenglik haftaligi” tadbirlariga start berildi.




Ta’kidlaş kerakki, joriy yilning 16–21-noyabr kunlari mamlakatimiz böylab ötkaziladigan “Bağrikenglik haftaligi” tadbirlari doirasida respublikamizning barça viloyatlari va Toşkent şahridagi nufuzli san’at saroylari, teatrlar, konsert zallari, tomoşa maydonlari va sölim xiyobonlari hamda boğlarida turli madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy kabi qiziqarli bayramona tadbirlar rejalaştirilgan.





“Bağrikenglik haftaligi” – dunyo ahlini totuvlik va hamjihatlik haqida jiddiy öylaşga çorlovçi taşabbus.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment