Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston Prezidenti yozgi Olimpiya o'yinlarida ayollar o'rtasida birinchi marta chempion bo'lgan sportchi qizimizni telefon orqali tabrikladi

By Farangiz_Amirkulova - July 29, 2024, 2:47 p.m. 883 Views 0 Comment

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Parijda o'tayotgan yozgi Olimpiya o'yinlarida dzyudo bo'yicha bellashuvlarning 52 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, olimpiya terma jamoamizga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari telegram kanali ma'lumotiga ko'ra, mamlakatimiz yetakchisi O'zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o'yinlarida ayollar o'rtasida birinchi marta chempion bo'lgan sportchi qizimizni tarixiy g'alaba bilan qizg'in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment