Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O‘sh shahrida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

By Muxtasar_Qodirova - Oct. 27, 2026, 4:49 p.m. 1,031 Views 0 Comment

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi O‘sh davlat universiteti (O‘shDU) huzuridagi O‘zbek tili va madaniyati markazi bilan hamkorlikda O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi.




Unda oliy o‘quv yurti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, milliy markazlar vakillari, vatandoshlar hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari, xususan, Andijon davlat universiteti va Qo‘qon universiteti vakillari ishtirok etdi.




Tadbirda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lgani, bugungi kunda ushbu tilda so‘zlashuvchilarning jahondagi soni 50 milliondan oshgani ta’kidlandi.




Shundan so‘ng o‘zbek va qirg‘iz tillari hamda adabiyoti, ona tili va inson psixologiyasi yo‘nalishlarida ma’ruzalar tinglanib, ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazildi. Shuningdek, xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bobir nomidagi O‘sh davlat o‘zbek akademik musiqali drama teatri san’atkorlari hamda O‘shDU talabalari tomonidan tayyorlangan adabiy-musiqiy konsert dasturi namoyish etildi. Tadbirga tayyorgarlik ko‘rishda faol ishtirok etgan o‘qituvchi va talabalarga faxriy yorliq hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment