
Millatlararo munosabatlar qo'mitasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda ilgari surilgan g‘oyalar va ustuvor vazifalarni mazmunan tushuntirishga qaratilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Tadbir davomida uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolarining ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruzalarda davlatimiz rahbari nutqida belgilangan ustuvor vazifalar, jamiyat hayotidagi tub o‘zgarishlar, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash sohasi hamda ilm-fan va ma’rifatni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


0 Comment