Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

“Tasanno” — xalqaro milliy taomlar va madaniyatlar festivali

By Muxtasar_Qodirova - Sept. 14, 2026, 11:15 a.m. 1,265 Views 0 Comment



Milliy madaniy markazlar pavilyonida “Tasanno” — xalqaro milliy taomlar va madaniyatlar festivali tadbirlari o'tkazildi.




Festivalda milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari, shuningdek, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi. Festivalning eng muhim jihati shundaki, milliy taomlar shunchaki gastronomik meros sifatida emas, balki millatlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi ko'prik sifatida namoyon bo‘ldi. Zero, har bir milliy taom ortida o'sha millatning tarixi, qadriyatlari, turmush tarzi va an’analari mujassam.







Shu ma’noda, “Tasanno” festivali — turli millatlarni bir dasturxon atrofida birlashtiradigan, do‘stlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlaydigan, xalq diplomatiyasining yorqin ifodasiga aylangan xalqaro madaniy maydonga aylandi.





Tags:

0 Comment

Leave a Comment