Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

"El Mundo Financiero": O'zbekiston iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish bo'yicha global tashabbuslarda faol ishtirok etmoqda

By Farangiz_Amirkulova - July 25, 2024, 2:09 p.m. 1,063 Views 0 Comment

Ispaniyaning yetakchi "El Mundo Financiero" elektron nashrida O'zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Unda ekologiya siyosati masalalari Yangi O'zbekistonning kun tartibida asosiy o'rin tutishi qayd etilgan. So'nggi yillarda mamlakatda barqaror rivojlanishni milliy dastur va loyihalarga integratsiyalashgan holda atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha faol choralar ko'rilmoqda. Bu sa'y-harakatlar nafaqat mamlakatdagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan, balki global muammolarni hal etishga ham salmoqli hissa qo'shmoqda.


"O'zbekiston iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish bo'yicha global tashabbuslarda faol ishtirok etmoqda, — deyiladi maqolada. — 2016-yilda mamlakat issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va iqlim o'zgarishiga moslashish majburiyatini olgan Parij bitimini ratifikatsiya qildi.


Qayd etilishicha, O'zbekiston "yashil iqtisodiyot"ga o'tish yo'liga o'tdi va umumiy energiya balansida qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini oshirish bo'yicha ulkan maqsadlarni o'z oldiga qo'ygan. 2019-yilda "Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to'g'risida"gi qonun qabul qilinib, "yashil" energetika sohasini rivojlantirishning huquqiy asoslarini yaratildi. Qonunda investorlar uchun imtiyoz va preferensiyalar nazarda tutilgani ham mahalliy, ham xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirmoqda.


Ta'kidlanganidek, global Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish mamlakatimiz uchun bundan kam emas. O'zbekiston "2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi"ni amalga oshirish doirasida barcha Barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha salmoqli natijalarga erishdi.


Nashrda, shuningdek, O'zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida 14 ta xalqaro konvensiya, shuningdek, 20 dan ortiq protokol, bitim va o'zaro anglashuv memorandumlari ishtirokchisi ekanligi xabar qilingan.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment