#Mustaqillik35
Bugun Milliy madaniy markazlar pavilyonida Toshkent shahar "NOIN" koreys madaniyati va an’analari jamiyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda mustaqillik yillarida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, turli millat va elat vakillarining milliy qadriyatlari, urf-odat hamda anʼanalarini asrab-avaylash uchun yaratilgan shart-sharoitlar alohida eʼtirof etildi.

0 Comment