Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Kiberhujumlar va fishing xabarlarining oldini olish

By Muxtasar_Qodirova - Aug. 4, 2026, 2:59 p.m. 1,123 Views 0 Comment

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasida Kiberxavfsizlikni ta’minlash, kiberhujumlar va fishing xabarlarining oldini olish hamda axborot tizimlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi







Seminarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish, kiberxavflarni erta aniqlash, zararli dasturlar va fishing hujumlaridan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, axborot tizimlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni kamaytirish, maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda axborot xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etishning dolzarb jihatlari atroflicha muhokama qilindi.






Tadbir davomida ishtirokchilarga elektron pochta, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan fishing xabarlarini aniqlash, shubhali havolalar va fayllardan ehtiyot bo‘lish, murakkab parollardan foydalanish, ikki bosqichli autentifikatsiyani joriy etish hamda axborot resurslarini muntazam yangilab borish yuzasidan tavsiyalar berildi.



Tags:

0 Comment

Leave a Comment