Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Nurafshon shahrida “Do‘stlik” festivali

By Muxtasar_Qodirova - July 29, 2026, 11:45 a.m. 1,148 Views 0 Comment

#30_iyul_Xalqlar_doʻstligi_kuni
#Toshkent_viloyati





30 iyul Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Do‘stlik” festivalida milliy madaniy markazlar vakillari, mehnat faxriylari, yoshlar, volontyorlar, san’atkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.






Tadbir davomida turli millat va elatlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni tarannum etuvchi badiiy chiqishlar, milliy kuy-qo‘shiqlar hamda madaniy dasturlar namoyish etildi.






“Do‘stlik” festivali yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo totuvlik va umummilliy birdamlikning yorqin ifodasi bo‘lib, turli millat va elat vakillarini ezgu qadriyatlar atrofida yanada jipslashtirishga xizmat qilmoqda.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment