"Xitoy Xalq Respublikasi,
Shandun viloyati, Szibo shahri Tashqi ishlar kotibiyatining taklifiga binoan
O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro yoshlar almashinuvini rivojlantirishga
qaratilgan "Sziboda uchrashuv" loyihasida ishtirok etish uchun
Xitoyda bo‘lib turibdi.
Delegatsiya tarkibiga turli
yosh toifasidagi 10 nafar ishtirokchi – bolalar, yosh tadbirkorlar, shuningdek,
O‘zbekistonda ShHTning Xalq diplomatiyasi markazi vakili kiradi.
"Sziboda
uchrashuv" loyihasining O‘zbekiston bo‘yicha koordinatori va delegatsiya rahbari Markazning bosh mutaxassisi
Meyerbek Yergashbaev hisoblanadi.
Joriy yilning 18-iyul kuni
Szibo shahrida Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan o‘zbek va xitoy madaniyati
kechasi tashkil etildi.
O‘zbekistonlik yoshlar o‘zbek va xitoy raqslarini o‘z ichiga olgan chiqishlari bilan, nafaqat musiqiy mahoratini, balki ikki xalqning chuqur madaniy merosini aks ettirgan qo‘shiqlari bilan ham tomoshabinlarni hayratda qoldirishdi. Xattotlik va o‘zbek raqslari bo‘yicha mahorat darslari ham tashkil etildi. Xattotlik mahorat darslari ishtirokchilarga tajribali hunarmandlar rahbarligida xitoy yozuvining nafis san'atiga sho‘ng‘ish, uning asosiy mahorati va texnikasini o‘rganish imkonini berdi. Shu bilan birga, o‘zbek raqsi mahorat darslari esa ushbu an'anaviy san'at turining o‘ziga xos harakatlari va jozibadorligini o‘rganish imkoniyatini taqdim etdi.
Sziboda bo‘lib o‘tgan o‘zbek va xitoy madaniyati kechasi xalqlar o‘rtasidagi madaniy almashinuv va o‘zaro tushunishning yorqin namunasi bo‘lib, zamonaviy dunyoda an'anaviy san'atni saqlash va ommalashtirish muhimligini yana bir bor ta'kidladi", - deb xabar beradi O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi matbuot xizmati.
0 Comment