Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Do‘stlik" festivali

By Muxtasar_Qodirova - July 10, 2026, 4:31 p.m. 1,163 Views 0 Comment

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimizda 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. Sana munosabati bilan joriy yilning 23-31-iyul kunlari mamlakatimiz bo‘ylab "Do‘stlik" festivali tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

🌎 Festival doirasida bir hafta davomida respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridagi nufuzli san’at saroylari, teatrlar, konsert zallari, tomosha maydonlari va so‘lim xiyobonlari hamda bog‘larida turli madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy kabi qiziqarli bayramona tadbirlar o‘tkaziladi.

⬅️Do‘stona ohangda kuylangan konsert dasturlari, adabiyot olamida milliy va umummilliy qadriyatlar tarannumi aks etgan badiiy asarlar talqini haftalik bezagi bo‘ladi. "Do‘stlik" festivali – O‘zbekiston Respublikasining Millatlararo munosabatlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan islohotlarning mazmun mohiyatini aks ettiruvchi voqelik.



"Do‘stlik" festivali dunyo ahlini totuvlik va hamjihatlik haqida jiddiy o‘ylashga chorlovchi tashabbus. Ushbu tashabbusni siz ham biz bilan qo‘llab-quvvatlang, festival ishtirokchisiga aylaning.

Do‘stlik ko‘priklari mustahkam bo‘lsin!

Tags:

0 Comment

Leave a Comment