Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O‘quv seminari boshlandi

By Muxtasar_Qodirova - July 1, 2026, 3:57 p.m. 1,215 Views 0 Comment



Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyaga sifatli tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida ikki kunlik o‘quv seminari boshlandi.






Seminarda attestatsiya guvohnomasining amal qilish muddati tugagan hamda axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlanganiga uch oy to‘lgan mutaxassislarning nazariy tayyorgarligini mustahkamlash, ularga uslubiy ko‘mak ko‘rsatish va attestatsiya jarayoniga puxta tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.





❗️Qayd etish joiz, bunday formatdagi tayyorlov o‘quv seminari ilk bor yo‘lga qo‘yildi.








Bugungi mashg‘ulotlarda media ekspert Beruniy Alimov axborot xizmatlari faoliyatining amaliy jihatlarii, zamonaviy media atamalari, kommunikatsiya vositalari hamda attestatsiya jarayonida uchraydigan savollar yuzasidan interaktiv mashg‘ulot o‘tkazdi.






Ikki kun davom etadigan seminar ishtirokchilarning attestatsiyaga nazariy tayyorgarligini yanada mustahkamlash, amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.



Tags:

0 Comment

Leave a Comment