Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Millatlar hamdo‘stligi kuni

By Muxtasar_Qodirova - June 30, 2026, 5:10 p.m. 1,230 Views 0 Comment




Tadbir mamlakatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlod qalbida do‘stlik, hamjihatlik hamda umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.






Bayram davomida oromgoh tarbiyalanuvchilari turli millatlarning urf-odatlari, an’analari, milliy liboslari, kuy-qo‘shiqlari va madaniy merosini aks ettiruvchi qiziqarli chiqishlar namoyish etdilar. Rang-barang sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar va badiiy dasturlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.






Mazkur tadbir yosh avlodni Vatanga muhabbat, millatlararo totuvlik va fuqarolik birdamligi ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning turli millat va elatlarga nisbatan hurmat va bag‘rikenglik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.




Tags:

0 Comment

Leave a Comment