Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O‘zbekiston – umumiy uyimiz!

By Muxtasar_Qodirova - June 26, 2026, 11:26 a.m. 1,186 Views 0 Comment


Nukus shahri "Vatanparvar" MFYda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida "Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik", "O‘zbekiston – umumiy uyimiz!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy festival bo‘lib o‘tdi.




Festival davomida turli millat vakillarining urf-odatlari, qadriyatlari, milliy liboslari va madaniy merosi namoyish etildi. Tadbirda targ‘ibot guruhi a'zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari hamda ta'lim sohasi mutaxassislari ishtirok etdilar.



Tadbirda yosh avlodni Vatanga sadoqat, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning ahamiyati ta'kidlandi. Festival ishtirokchilarda "O‘zbekiston – barchamiz uchun yagona Vatan" g‘oyasini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment