Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

"Xalq diplomati" ko'krak nishonini topshirish marosimi bo'lib o'tdi

By Muxtasar_Qodirova - June 17, 2026, 4:45 p.m. 1,218 Views 0 Comment



SHHTning 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda SHHTning Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan tadbir tashkil etildi. Unda Qo'mita rahbariyati, diplomatik korpus vakillari, milliy madaniy markazlar faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.










Tadbir davomida markazning so‘nggi yillarda amalga oshirgan faoliyati, xalqaro hamkorlik yo‘nalishida erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, SHHT davlatlarining davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, tahlil markazlari, oliy ta’lim muassasalari, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.





Tadbir doirasida bir guruh faollarga "Xalq diplomati" ko'krak nishonini topshirish marosimi bo'lib o'tdi: O. Quvondiqov – Millatlararo munosabatlar qo'mitasi axborot xizmati rahbari; B. Subxanov – Respublika tojik milliy madaniy markazi kotibi; L. Grishina – Toshkent viloyati Chinoz tumani xalq ta’limi bo‘limi rus tili va adabiyoti metodisti.Tadbir doirasida bir guruh faollarga "Xalq diplomati" ko'krak nishonini topshirish marosimi bo'lib o'tdi:

O. Quvondiqov – Millatlararo munosabatlar qo'mitasi axborot xizmati rahbari;

B. Subxanov – Respublika tojik milliy madaniy markazi kotibi;

L. Grishina – Toshkent viloyati Chinoz tumani xalq ta’limi bo‘limi rus tili va adabiyoti metodisti. 

O. Quvondiqov – Millatlararo munosabatlar qo'mitasi axborot xizmati rahbari;

B. Subxanov – Respublika tojik milliy madaniy markazi kotibi;

L. Grishina – Toshkent viloyati Chinoz tumani xalq ta’limi bo‘limi rus tili va adabiyoti metodisti. 




Tags:

0 Comment

Leave a Comment