
#Navoiy_viloyati
Yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash maqsadida Konimex tumani "Zafarobod" mahallasida faxriylar va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Faxriylar bilan bo‘lgan muloqot nafaqat ehtirom va e’tibor, balki xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri bo‘lgan keksalarni ulug‘lash, ustozlarga hurmat ko‘rsatish an’anasini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bunday uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlab, Vatanga bo'lgan muhabbat va sadoqatni mustahkamlaydi.
0 Comment