Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

“Oʻzbekiston – najot yurti” kitobi taqdimoti oʻtkazildi

By Muxtasar_Qodirova - May 8, 2026, 2:10 p.m. 1,262 Views 0 Comment




➡️ Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan nashr etilgan “OʻZBEKISTON – NAJOT YURTI” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.






✍️ Mazkur nashr “Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi gʻalabasiga qoʻshgan hissasi” turkumidan boʻlib, urush yillarida Oʻzbekistonga evakuatsiya qilingan aholiga oid arxiv hujjatlari asosida tayyorlangan.






🧊 Tadbirda milliy madaniy markazlar, “Doʻstlik” jamiyatlari vakillari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Soʻzga chiqqanlar mazkur kitobning tarixiy haqiqatni yoritish, insonparvarlik, bagʻrikenglik va xalqimizning urush yillaridagi fidoyiligini keng targʻib etishdagi ahamiyatini alohida taʼkidlandi.




Tags:

0 Comment

Leave a Comment