Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Hududlardan xabarlar

By Muxtasar_Qodirova - May 1, 2026, 9:49 p.m. 1,123 Views 0 Comment




O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi  PF-52-son farmoni va PQ-115-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Qo‘mita raisi K.Sariyev boshchiligidagi ishchi guruh, Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari bilan birgalikda  Termiz tumani "Orol” MFYda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ishchi guruh tomonidan:


🔹”Orol” MFY faollari (turkman, tatar, uyg’ur) bilan suhbat o’tkazildi. Ularga yaratilgan imkoniyatlar o’rganildi;


🔹Termiz tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishildi;






🔹 Hududda turli millatlar uchun milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yosh avlodni millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi; 






🔹 MFYning moddiy-texnik bazasi, ijodiy jamoalari, to‘garaklar faoliyati hamda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasidagi tajribasi ko‘zdan kechirildi. Mahalla faollarini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hududda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment