
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-son farmoni va PQ-115-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Qo‘mita raisi o‘rinbosari O.Narzullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganib chiqilmoqda.
Ishchi guruh tomonidan:
🔹Andijon shahridagi “Do‘stlik uyi”da qirg‘iz, rus, uyg‘ur, arman va koreys milliy madaniy markazlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi;

🔹 Ushbu markazlar tomonidan milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yosh avlodni millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi;

🔹 Markazlarning moddiy-texnik bazasi, ijodiy jamoalari, to‘garaklar faoliyati hamda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasidagi tajribasi ko‘zdan kechirildi;
🔹 Milliy madaniy markazlar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hududlarda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
0 Comment