Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Faollarga davlat tili sertifikati topshirildi

By Muxtasar_Qodirova - Feb. 10, 2026, 1:34 p.m. 1,165 Views 0 Comment

O‘zbek tilini rivojlantirish faqat ta’lim yoki rasmiy muhitda, balki jamiyat hayotining har sohasida samarali aloqalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar nafaqat tilning boyligini saqlash, balki millatlararo totuvlik va bag‘rikeng muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida milliy madaniy markazlar faollariga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 20 oktyabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida tashkil etildi.



Marosimda qo‘mita va markaz rahbarlari, milliy madaniy markazlar faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, memorandum doirasida milliy madaniy markazlar faollari uchun mo‘ljallangan yangi o‘zbek tili kursining birinchi mashg‘uloti ham bo‘lib o‘tdi.


Bu kurslar milliy madaniy markazlar faollari uchun o‘zbek tilini chuqur o‘rganishda yangi imkoniyatlar yaratadi va jamiyatda millatlararo totuvlik hamda bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Kurslar orqali faollar til bilimini amaliyotda qo‘llash, madaniy almashinuvlar va ijtimoiy loyihalarda samarali ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.



Nigora Rahmonova, O‘zA

Tags:

0 Comment

Leave a Comment