Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Tashrif

By Muxtasar_Qodirova - Jan. 18, 2026, 10:21 p.m. 1,427 Views 0 Comment

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF–52-son Farmoni hamda PQ–115-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini yuqori saviyada, belgilangan talablar asosida tashkil etish maqsadida Do‘stlik tumani shtabi faoliyatini o‘rganish yuzasidan amaliy tashrif tashkil etildi. Mazkur tashrif doirasida Qo‘mita raisi K. Sariyev boshchiligidagi ishchi guruh Do’stlik tuman hokimi bilan birgalikda  Do‘stlik tumanida bo‘lib, joylarda olib borilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda mas’ul xodimlarning faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Shuningdek, ro‘yxatga olish tadbirlarini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

O‘rganish jarayonida tumandagi “Manas” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi, nuroniy oqsoqollar, milliy madaniy markazlar hamda jamoatchilik faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv chog‘ida mahalla aholisini qiziqtirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimiga doir takliflar tinglandi. Mavjud muammolarni hal etish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment