Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Sarhisob

By Muxtasar_Qodirova - Jan. 7, 2026, 9:44 p.m. 1,418 Views 0 Comment

Turli millatlar va elatlarning madaniyati, tili, urf-odatlari, qadriyatlari va an’analarini saqlash hamda yosh avlodga yetkazish maqsadida 157 ta milliy madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda.


Milliy madaniy markazlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida hududlarda “Do‘stlik uylari” tashkil etilgan. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi har yili ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.


Maktablarda ta’lim 7 tilda olib borilayotganligi turli millatlarga mansub o‘quvchilarning o‘z ona tilida ta’lim olishi uchun sharoit yaratmoqda. Milliy tele va radiokanallar 12 tilda efir olib borayotgani, gazeta va jurnallar 14 tilda chop etilayotgani barchaga teng sharoit yaratgan holda axborotni ona tilida olish imkonini bermoqda. Mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘zlarining faol va fidokorona mehnatlari bilan yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Birgina davlat fuqarolik xizmatida 35 ta millat vakillari hisobldangan 5 mingga yaqin fuqarolarimiz mehnat qilmoqda.


Ayniqsa, davlatning siyosiy institutlari hisoblangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 12,7 foiz, mahalliy Kengashlarda 11,5 foiz deputatlarimiz turli millat va elatlar vakillari ekanligi bizni judayam quvontiradi. Bunday yutuqlarning chegarasi yo‘q, jamiyatning har bir jabhasida inklyuzivlik, millatlararo totuvlik, hamjihatlik o‘z aksini topganligini kuzatish mumkin.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment