Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Hamkorlik bitimi imzolandi

By Muxtasar_Qodirova - Dec. 25, 2025, 12:02 a.m. 1,540 Views 0 Comment

Xanchjou shahrida «Xitoy – Markaziy Osiyo to‘qimachilik universitetlari alyansi» hamda «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasida «Qadimiy va zamonaviy Ipak yo‘li» Xitoy–Markaziy Osiyo qo‘shma laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, shuningdek, respublikamizning to‘qimachilik sohasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlaridan iborat delegatsiya ishtirok etgan tadbirda Xitoy va Markaziy Osiyo to‘qimachilik universitetlari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ilmiy laboratoriya tashkil etishga qaratilgan rasmiy hujjatlar imzolandi. Soha mutaxassislarining ilmiy ma’ruzalari tinglanib, keng qamrovli akademik muhokamalar tashkil etildi.



Ta’kidlanishicha, qo‘shma laboratoriya innovatsion texnologiyalar sohasida faoliyat olib borish bilan birga tadqiqotchilar va talabalar uchun ilg‘or ilmiy loyihalarda ishtirok etish, tajriba almashish hamda yangi ilmiy yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini kengaytirishi bilan ham ahamiyatlidir.

Markaziy Osiyo tomoni vakili sifatida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori Baxtiyor Nasimov qo‘shma laboratoriya direktori lavozimiga tayinlandi.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment