Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ladi

By Muxtasar_Qodirova - Dec. 17, 2025, 10:02 p.m. 1,132 Views 0 Comment

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sanae Takaichi, Parlament rahbariyati, hukumat a’zolari, siyosiy partiyalar vakillari va yetakchi universitetlar rektorlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kun tartibidan O‘zbekiston – Yaponiya strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish hamda rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.

Ishbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvlar va tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda investitsiya loyihalarini ilgari surish masalalari atroflicha muhokama qilinadi. Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti, shuningdek, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi. Tadbir doirasida “yashil iqtisodiyot” va barqaror taraqqiyot, o‘zaro bog‘liqlik va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash hamda inson resurslarini rivojlantirish kabi ustuvor sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Sammit yakunlari bo‘yicha Tokio deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment