Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Ijodiy uchrashuv

By Muxtasar_Qodirova - Dec. 4, 2025, 7:11 p.m. 953 Views 0 Comment



2025-yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi muassisligidagi  “O‘zbekiston” jurnali ijodiy xodimlarining jurnalxonlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur uchrashuv milliy madaniy markazlar pavilonida tashkil etilib, unda O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi hamda O‘zbekiston tatar milliy madaniy markazi faollari ishtirok etdilar.





Samimiy suhbat chog‘ida “O‘zbekiston” jurnali o‘z faoliyatini 2018-yildan boshlaganligi, bir yilda 4 marta, ya’ni har chorakda  o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilishi, ayni kunlarda uning bu yilgi 4-soni nashrga tayyorlanayotganligi aytib o‘tildi. Jurnal O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalari orqali dunyoning 55 ta davlatiga tarqatiladi.





Ma’lumki, 2025-yilning iyul oyida mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni doirasida “Do‘stlik haftaligi” o‘tkazildi. Bayram tadbirlari yurtimizda umummilliy totuvlik va hamjihatlik, o‘zaro bag‘rikenglik munosabatlarini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini namoyish etdi. Bayram doirasida O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi  respublikamizdagi faol markazlardan biri deb topilgani va 3-darajali diplom bilan taqdirlangani quvonchli voqea bo‘ldi.





Shu yilning 10-16-noyabr kunlari keng nishonlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” esa O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan 16 ta diniy konfessiyalar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Jurnalning 2025-yil 4-sonida “Bag‘rikenglik haftaligi” tadbirlari keng yoritilishi ta’kidlandi.


Ijodiy uchrashuvda jurnalxonlarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga atroflicha javob qaytarildi.


Muallif: O.Dushayev

Tags:

0 Comment

Leave a Comment