Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Vatandoshlarimiz bilan uchrashuv

By Muxtasar_Qodirova - Nov. 25, 2025, 10:13 a.m. 1,376 Views 0 Comment

So‘nggi yillarda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.




Ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasida bo'lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan Kemerova shahridagi  tahsil olayotgan, mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlar, madaniy-marifiy tadbirlar o'tkazilmoqda. 




O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, “Vatandoshlar” jamoat fondi, madaniyat sohasi vakillari hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari tomonidan O‘zbekistonda turli sohalarda keng ko‘lamli islohotlar va imkoniyatlar yaratilayotgani, jumladan, xorijdagi vatandoshlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashda mutlaqo yangicha yondashuvlar amalga oshirilayotgani, shu nuqtai nazardan, uchrashuv ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi maqsad va vazifalar to‘g‘risida axborot berildi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment