Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirish

By Muxtasar_Qodirova - Nov. 24, 2025, 8:25 p.m. 1,324 Views 0 Comment



Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktyabrdagi "Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi  PF-189-son Farmoni hamda 55-son topshiriqlar bayoni ijrosini ta'minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo’mitasida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o'tkazildi. Unda Qo‘mita rahbariyati va xodimlari ishtirok etishdi. 




Yig'ilishda Farmonda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, AI texnologiyalarini joriy etish hamda davlat boshqaruvida ularning qo‘llanilishiga oid vazifalar haqida keng qamrovli axborot berildi.






Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, sunʼiy intellektni amaliy jarayonlarda qo‘llash bo‘yicha takliflar bildirildi.



Tags:

0 Comment

Leave a Comment